Xalqaro Nordik universiteti Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Xalqaro Nordik universiteti Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

February 15 , 2023

|

1715

XNU Kengashining yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi.

📌 Universitet Kengashi yig‘ilishi kun tartibida o‘nga yaqin dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

🎓 Muhokama qilingan asosiy mavzular:

21-fevral kuni o‘tkaziladigan "Finlyandiya ta’lim kechasi"ga tayyorgarlik masalalari

Finlyandiya Respublikasi Taraqqiyot bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va tashqi savdo vaziri Villi Skinarri hamda Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Raysenyanga XNUning "Faxriy doktori" ilmiy darajasini berish masalasi

Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan tuzilgan ikki tomonlama bitim va uning ijrosi

Talabalarning yozma nutqini rivojlantirishning innovatsion usullari va mexanizmlari

Professor-o‘qituvchilarning xalqaro va respublika ilmiy loyihalarida ishtirok etish tizimini takomillashtirish

📜 Kengash tomonidan ustuvor masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.