Madaniy xilma-xillik — talabalarimiz talqinida

May 23 , 2023
106
XNUda o‘tkazilgan "Tillar festivali" chet tillari va madaniy an’analarni nishonlash tadbiriga aylandi.
Universitetimizda Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Tillar festivali" chet tillari va dunyo xalqlari madaniyatlarining o‘ziga xos namoyishiga aylandi.
🎉 Festival davomida talabalar turli xalqlarning tillari, urf-odatlari va san’atini ijodiy chiqishlar orqali namoyish etdilar. Bu tadbir xalqaro madaniy muloqotga boy hissa bo‘lib xizmat qildi.
So'nggi yangiliklar

Yangi nashrlar - kelajak ilmlariga poydevor!
"MIKROEKONOMIKA" (rus tilida) darsligida bozor iqtisodiyoti, talab va taklif, mukammal va nomukammal raqobat sir-asrorlari grafik va model asosida tahlil etilgan. Ushbu kitob iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi ilmlarni o‘rganishda qo‘l keladi.
"MAKROIQTISODIY TAHLIL" (rus tilida) darsligi inflyatsiya, ishsizlik, milliy hisoblar tizimi tahlillar va O‘zbekiston sharoitidagi dolzarb yondashuvlar bilan boyitilgan manbadir.
"MAKROEKONOMIKA" (rus tilida)
darsligi davlat siyosati, iqtisodiy barqarorlik va beqarorlik, makroiqtisodiy qonuniyatlar, bir so‘z bilan aytganda iqtisodiy fikrlashni o‘stirish uchun zarur qo‘llanmadir.
"O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODI" darsligida o‘zbek xalqining noyob musiqiy merosi, turli janrlardagi aytimlar, maqomlar, mehnat va marosim qo‘shiqlari ilk bor tizimli tahlil etilgan. Bu darslik musiqiy madaniyatimizni chuqur anglashda har jihatdan muhim manbadir.
Bu yangi nashrlar talabalar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar, soha mutaxassislari uchun yangi ilm va tajribalarni o‘rganishda muhim manbalar vazifasini o‘taydi.

Umarov Elshod G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Fotoko‘rgazma ochilishi va taqdirlash: bojxonachilarga qo‘sh eʼtibor!
Seminarda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, Toshkent shahri bojxona boshqarmalari, "Toshkent-AERO" bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazi va Bojxona instituti axborot xizmatlarining 25 nafar xodimi ishtirok etib, malaka oshirish Sertifikatiga ega bo‘ldilar.
27-iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni arafasida o‘tkazilgan ushbu tadbir bilim va qadriyat uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Fotoko‘rgazmada bojxona xodimlarining mehribon ota-onalari tasvirlangan 100 dan ortiq suratlar tomoshabinlarni chuqur hayajonga soldi. Zuhra Ashurovaning ota-onani ulug‘lashga bag‘ishlangan ta’sirli monologlari esa tadbirga iliq ruh baxsh etdi.