Talabalar har bir mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy yondashuv orqali logopediya fanining korreksion, ta’limiy va didaktik jihatlarini yoritib berdilar. Ularning chiqishlari baholandi, yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
- Loyiha ishi taqdimotlari talabalarda tanqidiy, tahliliy fikrlash, muammolarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘l keladi. Ushbu darsimiz barcha talabalarni taʼlim jarayoniga kengroq jalb etib, ilm olishga motivatsiya hosil qildi - deydi fan o‘qituvchisi Zulfizar Bahadirova. - Ularni ijodkorlik, yangi g‘oyalarni sinab ko‘rish orqali nazariy bilimlarini amalda qo‘llashga chorladi.







