Maxsus pedagogika (Logopediya) yo‘nalishi talabalarida o‘z kasblariga xos shunday xususiyatlar shakllantirilmoqda.
Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi Zulfizar Baxadirova tomonidan Yakkasaroy tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan maktabda ko‘chma dars tashkil etildi.
Talabalarga logoped-ustozlarning turli tashxislar asosida alohida ta'limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga korreksion yordam mashg‘ulotlarini kuzatish imkoniyati yaratildi. Talabalar o‘z tanlagan sohalariga yanada qiziqishlari ortganini e'tirof etdilar.




