Bolalik ranglari sahifalarda: hikoya, rang va orzular

Bolalik ranglari sahifalarda: hikoya, rang va orzular

February 12 , 2026

|

2091

Nordik ustozi, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, bolalar yozuvchisi va illustrator Dinara Mo‘minovaning yangi rasmli kitobi — “Soy bo‘yida” kichkintoylarni tabiat, tasavvur va ijodkorlik sari yetaklashi bilan ahamiyatli.

Kitob bolalarni fikrlashga undaydi, 🎨 rasmlar orqali tasavvurini kengaytiradi, savollar va topshiriqlar bilan suhbatga chorlaydi. Muhimi, ota-onalar va pedagoglar uchun maxsus yo‘riqnoma bilan boyitilgan. 


Rassom Asilaxon Shadixodjayevaning rasm-bezaklari esa har bir sahifani kichik san’at asariga aylantirgan.


Kitob bolajonlar bilan birgalikda o‘qiladigan, yakunini birga ijod qilsa bo‘ladigan qiziqarli o‘ziga xos asardir. 


Muallifning “Quvonch” kitobi ham bolajonlarni hayotni ranglar orqali his qilishga, mutolaaga odatlanishga, orzu qilish va maqsad sari intilishga chorlaydi. 


Shuningdek, milliy qadriyatlarni anglash, tasvirlash, rasm chizish, fikrini erkin ifodalash — barcha mashg‘ulotlar bir kitobda jamlangan. 


Har bir sahifa bolajonlarni kichik sarguzashtlar olamiga olib kiradi. Bu kitoblar bolalarga nafaqat o‘qishni, balki o‘ylashni va yaratishni ham o‘rgatadi.