Xalqaro Nordik universiteti jamoasi bir oila bo‘lib ertangi kun uchun ovoz berdilar!

Xalqaro Nordik universiteti jamoasi bir oila bo‘lib ertangi kun uchun ovoz berdilar!

April 30 , 2023

|

1606

Xalqaro Nordik universiteti jamoasi referendumda qatnashib, ta’lim va boshqa huquqlar mustahkamlanishi uchun ovoz berdi.

📌 "Referendum - 2023: Biz befarq emasmiz!" shiori ostidagi sport tadbirlarimiz dasturiga muvofiq, bugun universitetimiz jamoasi birgalikda referendum uchastkasiga bordi.

📢 Konstitutsiyaviy islohotlar asosida insonning asosiy huquq va erkinliklaridan biri bo‘lgan ta’lim olish huquqi mustahkamlanishi jamiyatimiz rivoji uchun ham katta ahamiyatga ega.

🗳 Referendumda qatnashayotgan ziyolilar, ilmga intiluvchan yoshlar qatorida Xalqaro Nordik universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ta'lim va boshqa muhim huquqlar mustahkam qaror topishi uchun ovoz berdilar.