Kelajakka qadam: talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

April 23 , 2025
109
Xalqaro Nordik universitetida "O‘zmilliybank"ning “Kelajakka qadam” markazi bilan hamkorlikda bitiruvchi kurs talabalariga yo‘naltirilgan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki huzuridagi "Kelajakka qadam" markazi masʼul xodimi, "O‘zmilliybank" AJ loyiha menedjeri Azimjon Ilhomov va Nordik prorektori Muhammadsiddiq Amonboyev tomonidan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-sonli qarori va uning ijrosini ta'minlashga qaratilgan 114-sonli buyruq mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirildi.
Uchrashuv davomida:
➖ Bitiruvchi yoshlar uchun yaratilayotgan mehnat bozoriga mos imkoniyatlar;
➖ Tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi bitiruvchilarga ajratiladigan kreditlar;
➖ Pullik amaliyot dasturlari va
ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mexanizmlar haqida keng ma'lumot berildi.
Mazkur tadbir mehnat bilan band bo‘lmagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiyotdagi ishtirokini kuchaytirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

So'nggi yangiliklar

Samimiy tashakkur!
Bugun sizlar Finlandiyaga yo‘l olayotgan bo‘lsangiz-da bilimlaringiz va iliq xotiralaringiz Nordik bilan qoladi.
🌟 Rahmat sizga, aziz ustozlar!

Xalqaro tashrif: Nordik uchun yangi imkoniyatlar!
Tashrif Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida amalga oshdi.
Uchrashuvda nufuzli mehmonlar Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi asosiy ta’lim, biznes va investitsiya loyihalari bo‘yicha o‘ziga xos platformasi bo‘lgan Xalqaro Nordik universiteti tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelajak rejalari bilan tanishtirildilar.
Samarali o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Nordikda Estoniya biznes delegatsiyasi!
Estoniyaning O‘zbekistondagi elchisi Yaap Ora va Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev forumni ochib berdi va ikki tomonlama aloqalarning yangi bosqichiga yo‘l ochildi.
Forumda ikki davlat vazirlik va idoralari, jami 40 dan ziyod Estoniyaning yetakchi kompaniyalari mutaxassislari va o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Estoniya savdo-sanoat palatasi vakili Margus Ilmjarv Estoniya biznes delegatsiyasi vakillarini tanishtirib o‘tdi. Silsteve terminal kompaniyasi direktori Jaanus Paas, Clemco Baltic kompaniyasi vakili Svetlana Laanela va qator yetakchi eston kompaniyalari mutaxassislari biznes manfaatlari va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etdilar.
Biznes forumda ilgari surilgan mavzular, takliflar doirasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Magistrantlar konferensiyasi: musiqa taʼlimini o‘qitish keng muhokamada
Konferensiyada O‘zbekistonning yetakchi oliygohlaridan tashrif buyurgan Musiqa ta’limi va san’at magistratura mutaxassisligi iqtidorli talabalari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Yalpi yig‘ilish ochilishida Nordik rahbariyati, “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri, professor Qurbonniyoz Panjiyev musiqa ta’limi va san’atining bugungi globallashuv davridagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbir davomida respublika oliygohlari magistrantlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keng muhokama qilindi. Xususan, musiqashunoslik, etnomusiqashunoslik, musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari,
mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali usul va vositalari, ijrochilik an’analari, pedagogik kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari kabi qator mavzularda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida sho‘ba raislarining hisobotlari tinglandi va eng faol ishtirokchilar taqdirlandilar.