📌 Xalqaro Nordik universiteti, DiDacTEC va NORDWAY ta'lim markazlari hamkorligida Qozog‘istonlik pedagoglar uchun xalqaro o‘quv kursi samarali tashkil etildi.
🎓 "DiDacTEC" ta'lim markazi direktori, ta'lim eksperti Petri Lunascorpi "Finlyandiya maktab tizimi" mavzusidagi ma'ruzasi orqali kurs tinglovchilarini fin ta'lim tajribalari bilan yaqindan tanishtirdi.
📚 Tinglovchilar Finlandiya ta'lim modelining o‘ziga xos jihatlari va zamonaviy o‘qitish usullari haqida muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.





