Nordik universitetida seminar-trening haftaligi doirasida Iqtisodiyot va biznesni boshqarish, Pedagogika kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilmoqda.
Treningda zamonaviy taʼlimni tashkil etishning muhim talabi bo‘lgan qisqa vaqtda talabalarga nazariy bilimlarni yetkazishda qo‘l keladigan yangicha yondashuvlar keng o‘rganilmoqda.
Darslarda foydalanish, talabalarni ilk daqiqadayoq darsga qiziqtirib olish uchun qiziqarli metodlar ko‘rib chiqilmoqda. Ishtirokchi ustozlarda tanqidiy, kreativ fikrlash texnologiyalari, tadqiqotchilik metodlari borasida pedagogik mahorat oshirilyapti.




