"IT Park O‘zbekiston"ga tashrif

January 26 , 2023
39
Qozog‘istonlik pedagoglar IT Park ekotizimi bilan tanishdilar.
📌 Xalqaro o‘quv kursi doirasida XNUda malaka oshirayotgan qozog‘istonlik pedagoglar uchun IT Parkga o‘quv tashrifi tashkil etildi.
🌍 IT Park mutaxassislari pedagoglarni quyidagi yo‘nalishlar bilan tanishtirdilar:
✅ Rezident kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar va infratuzilma
✅ IT-ta'lim va startaplar ekotizimi
✅ Xorijiy operatsiyalar va xalqaro hamkorlik
📌 Shuningdek, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✔ IT Parkning ta'lim muassasalari bilan ilmiy tadqiqot va akademik almashinuv ishlari
✔ Startap loyihalarni ishga tushirish va bozorga olib chiqish mexanizmlari
So'ngi yangiliklar

Hurmatli ota-onalar!
Muloqotda XNU rahbariyati va tegishli tuzilmalar rahbarlari ishtirok etadilar.
✅ Muloqot davomida:
➖farzandlaringizning o‘qish jarayoni
➖fakultetdagi ta’lim sifati va kelajakdagi rejalaridan xabardor bo‘lish
➖o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga onlayn javob olishingiz mumkin.
Muloqot vaqti:
📅 Shanba, 15-mart
⏰ Soat 16:00
📍 Onlayn muloqotga qo‘shilish uchun telegram kanalimizga a’zo bo‘ling:
🔗 https://t.me/xnu_dekanati
🙌 Talabalar taʼlim-tarbiyasida Sizlar bilan hamkorlik biz uchun juda muhim!

Charos Ahmedova Yevropa yulduzlari safida!
Tanlov musiqa va sanʼat yo‘nalishida iste’dod egalarining ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va turli mamlakatlarning musiqa san’atini jahonda keng targ‘ib etish, yosh ijrochilarning ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi va yurtimizdagi nufuzli telekanallar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Xalqaro Nordik universiteti musiqa taʼlimi o‘qituvchisi Charos Ahmedova yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Mahoratli ustozimiz akademik xonandalik yo‘nalishida faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu yutuq nafaqat yurtimiz sanʼat sohasi rivojiga qo‘shilgan muhim hissa, balki yosh isteʼdodlarning xalqaro muqyosdagi muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi.

Maxsus pedagogika: “LogoNordik” korreksion yordam markazi ochildi!
Tajribali mutaxassislarimiz tomonidan ilk, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan nutq buzilishlarini aniqlash, tashxis qo‘yish va bartaraf etish bo‘yicha maxsus xizmatlar ko‘rsatiladi.
Markazda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha korreksion ishlar olib boriladi:
➖ Dislaliya, dizartriya, duduqlanish
➖ Alaliya, autizm
➖ SDVG — giperaktivlik
➖ Daun sindromi
➖ Logopedik massaj
➖ Disgrafiya, disleksiya (yozish va o‘qish buzilishlari)ni bartaraf etishga ko‘maklashiladi.
✅ Ota-onalarga nutq buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur maslahatlar beriladi.
Muhimi, Maxsus pedagogika yo‘nalishida taʼlim olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratiladi.
“LogoNordik” markazi — farzandlarning har jihatdan rivojlanishi yo‘lidagi ishonchli qadamdir!

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar almashish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish takliflari bildirildi.
Yevropa Ittifoqining ta'lim, o‘qitish sohalarida loyihalar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash Erasmus+ dasturi va xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar ustida ish olib borish kabi masalalarda hamkorlikka kelishildi.
Maʼlumot uchun, 1883-yilda tashkil etilgan mazkur universitet mamlakatning eng qadimgi va ko‘p tilli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 80 000 nafardan ziyod talabalari mavjud bo‘lib, 5 000 nafardan ortig‘ini xorijiy talabalar tashkil etadi.