Kun tarixi

Kun tarixi

November 26 , 2022

|

1810

26-noyabr - Xalqaro axborot kuni

Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va sotsial sovetida va butunjahon axborot parlamentida bosh konsultativ statusga ega bo‘lgan Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi tashabbusi bilan 1992-yil 26-noyabr kuni tashkil etilgan Birinchi xalqaro axborot forumi doirasida ushbu kunni dunyo miqyosida xalqaro axborot kuni sifatida nishonlash taklif etilgan. Bu sana YUNESKO hamkorligida 1994-yildan beri dunyoning turli mamlakatlarida nishonlab kelinadi. Mazkur kunni nishonlashdan maqsad har bir insonning xolis va haqqoniy axborot olish huquqini ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, axborotlar hajmi dunyoda har ikki yilda ikki baravarga ortib bormoqda.