Xalqaro Nordik universitetida ushbu shior ostida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat va ta’lim masalalari bo‘yicha mas’uli janob Henrik Ziegler ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Nordikda yangi tashkil etilgan nemis filologiyasi ta’lim yo‘nalishi va “Kelajak” innovatsion til klubi ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi taʼlim va madaniy aloqalarni rivojlantirish, yoshlarning xalqaro imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Nordik prorektori Muhammadsiddiq Amonboyev faxriy mehmonlarga ehtirom ko‘rsatdi. Mazkur yo‘nalishning nodavlat oliy ta’lim muassasalari orasida birinchilardan bo‘lib Nordikda ochilgani universitetning xalqaro ta’limga yo‘naltirilgan yangi qadami ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
Mehmonlarda Nordikning yana bir muhim tashabbusi — o‘zbek tili va adabiyotiga bag‘ishlangan “E-Voh” respublika olimpiadasi ham alohida qiziqish uyg‘otdi. Bu esa universitet faoliyatida xorijiy tillarni rivojlantirish va milliy til qadriyatlarini targ‘ib etish birdek muhim ekanini namoyon qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilar assotsiatsiyasi raisi, professor Hurram Rahimov, Gyote instituti bo‘lim rahbari Dildora Muhammadaminova va boshqalar bugungi globallashuv davrida xorijiy tilni bilish yangi bilimlar, madaniyatlar va kelajak imkoniyatlarini bog‘lovchi ko‘prik ekanligini taʼkidlab o‘tdilar. Xalqaro akademik hamkorlik va kasbiy rivojlanishda tilning ahamiyati eʼtirof etildi.
Ushbu uchrashuv nemis tilini o‘qitish va o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi taʼlim hamjamiyati vakillarini bir maydonda birlashtirib, til taʼlimining buguni va istiqbollari yuzasidan fikr almashishga imkoniyat yaratdi.
Yangiliklar
Nordikda tarixiy uchrashuv: nemis tili - yangi imkoniyatlar ko'prigi

October 14 , 2026
134
"Nemis tili dunyoni birlashtiradi. Birgalikda fikr yuritamiz va birgalikda kashf etamiz! "
Foto galereya
12
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring