Inson ruhiyatini anglash san’ati: Nordikda mahorat darsi o‘tkazildi

Inson ruhiyatini anglash san’ati: Nordikda mahorat darsi o‘tkazildi

May 09 , 2026

|

1899

Xalqaro Nordik universitetida “Psixodiagnostik tekshiruv va tadqiqotlar” mavzusida amaliy ahamiyatga ega mahorat darsi tashkil etildi.

Dars psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Abdumo‘min Rasulov tomonidan olib borildi.


Mashg‘ulot davomida talabalar psixodiagnostik tekshiruvning nazariy asoslari, diagnostik test va so‘rovnomalardan foydalanish, kuzatuv usullari, natijalarni tahlil va interpretatsiya qilish, amaliy misollar asosida tadqiqot olib borish bo‘yicha muhim bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.


Ayniqsa, nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilgan ushbu mahorat darsi Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tadi.

photo-2026-05-09-15-25-30-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-09-15-25-30
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-09-15-25-31-2
Ko‘rib chiqish