Sharhlovchilik sanʼati: Qobilbek Karimbekov bilan ijodiy uchrashuv!

Sharhlovchilik sanʼati: Qobilbek Karimbekov bilan ijodiy uchrashuv!

May 27 , 2025

|

2336

"Jurnalistda xumor, ko‘nikma va tajriba bo‘lishi kerak" — taniqli siyosiy sharhlovchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qobilbek Karimbekov Jurnalistika yo‘nalishi va mutaxassisligi talabalari bilan bo‘lib o‘tgan mahorat darsida shu fikrga urg‘u berdi.

Uchrashuvda u siyosiy sharh tayyorlash bo‘yicha o‘z tajribalari, ko‘plab ommaviy axborot vositalaridagi faoliyati, yangi nashr - "Sharhlovchining mashaqqatli yo‘li" kitobi haqida so‘z yuritdi.


Sharhlovchilikda muvaffaqiyatga erishish uchun nima kerak? Bu borada ustoz-sharhlovchi talabalarga zarur tavsiyalar berdi: 


🟢Tarixiy, siyosiy, geografik bilimlar; 

🟢diplomatiya asoslarini o‘rganish; 

🟢xalqaro materiallar tayyorlashda tashqi siyosatni chuqur bilish; 

🟢xalqlarga xos urf-odatlarni bilish; 

🟢savol berish madaniyati va tahliliy yondashuvga ega bo‘lish. 


Uchrashuvda har bir jurnalist har doim izlanishda bo‘lishi va xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmasligi kerakligi taʼkidlandi. 

photo-2025-05-27-21-01-05-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-27-21-01-04-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-27-21-01-04-4
Ko‘rib chiqish