Iqtisodiyotga yo‘l ochgan 40 yulduz

April 01 , 2025
92
"Xalq so‘zi" gazetasi "Kitob javoningizga" ruknida o‘z mushtariylarini Nordik universitetida tayyorlangan "Iqtisodiyot ilmi osmonida yulduzga aylanganlar" nomli ikkinchi risola bilan tanishtirdi.
Risola orqali Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan taniqli olimlarning jamiyatga, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari, hayoti va ilmiy faoliyatlari bilan tanishish kitobxonlar uchun ulkan ilhom manbai bo‘lishi eʼtirof etilgan.
Gazetada ushbu risola nafaqat iqtisodiyot yo‘nalishida taʼlim olayotgan talabalar, yosh tadqiqotchilar, pedagoglar, balki keng kitobxonlar uchun ham muhim qo‘llanma ekanligi qayd etildi.
So'nggi yangiliklar

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari
Uchrashuv davomida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, maktab o‘quvchilari uchun bakalavriat bosqichida xalqaro taʼlim dasturlariga yo‘l ochish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yuqori sifatli taʼlimni taʼminlash va taʼlim innovatsiyalarini keng qo‘llash, talabalarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish va akademik salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi
Tasdiqlangan adabiyotlar:
📘 "Mikroekonomika" darsligi (Sh.Mustafakulov, X.Sabirov, R.Mardanova)
📔 "Amaliy matematika" o‘quv qo‘llanmasi (A.Boltayev, X.Xudoyberdiyev, B.Atamuradova)
📗 "Макроэкономический анализ" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, E.Umarov)
📕 "Makroiqtisodiy tahlil" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, K.Ibragimova, Sh.Rajabov)
📙 "Makroiqtisodiy siyosat" darsligi (R.Mardanova, I.Qodirov, Z.Uralbayev)
🎼 "Orkestr sinfi" o‘quv qo‘llanmasi (I.Ro‘zimurodov)
📓 "English for management" darsligi (D.Nasriddinov)
📙 "Maktabgacha taʼlim asoslari" o‘quv qo‘llanmasi (D. Maxmudova).
Ilmiy salohiyat, amaliy tajriba va metodik yangiliklar uyg‘unligida yaratilayotgan har bir nashr talabalar uchun sifatli taʼlimga yo‘naltirilmoqda.

MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda
Unda o‘nlab nufuzli oliygohlar qatorida XNUning Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Abdurauf Tolibov ham ishtirok etyapti. U "O‘zbekistonda oila, huquq va jamiyat, korrupsiya va huquqiy madaniyat" mavzusida maʼruza qildi.
Konferensiyada qizg‘in munozaralar asosida korrupsiyaga qarshi yechimlar borasida xalqaro tajribalar almashilmoqda.

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv
Busan shahrida joylashgan, mintaqada va mamlakat miqyosida yetakchi innovatsion universitet vakillari bilan qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda integratsiyalashgan qo‘shma taʼlim dasturlari ochish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashish, amaliy o‘rganish imkoniyatini oshiruvchi virtual taʼlim strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish xususida so‘z bordi.
Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi.