Mehnat migratsiyasi bo‘yicha xalqaro Forum - 2022

Mehnat migratsiyasi bo‘yicha xalqaro Forum - 2022

November 22 , 2022

|

1556

"Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasining afzalliklari” xalqaro forumi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Saipro Group agentligi va Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forum Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Forum tashqi mehnat migratsiyasi, uning tashqi diversifikatsiyasi, mehnat muhojirlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, global migratsiya jarayonlarining tendensiyalari va harakatlantiruvchi kuchlari, migratsiya siyosatining mohiyati va samaradorligi, ijtimoiy sohaga ta’siri kabi asosiy masalalarni muhokama qilish imkonini beradi.