Innovatsion yechimlar - ta'lim samaradorligi asosi

Innovatsion yechimlar - ta'lim samaradorligi asosi

May 08 , 2023

|

1559

XNU va "Scientech Solution" kompaniyasi innovatsion ta'lim yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Universitetimiz rahbariyati va "Scientech Solution" kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya direktori Shuhrat Akbarov o‘z taqdimoti orqali XNU talabalari uchun SAP dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish imkoniyatlari, "IT Park Uzbekistan" tomonidan yaratilgan imtiyozlar, raqamli transformatsiyaning eng yaxshi amaliyotlarini yaratish va joriy etish, g‘oyalar almashish va hamkorlik orqali yuqori natijalarga erishish borasida takliflarini ilgari surdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikda ta'lim jarayonini boshqarishning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish va tatbiq etishga kelishildi.