Universitetimiz rahbariyati va "Scientech Solution" kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kompaniya direktori Shuhrat Akbarov o‘z taqdimoti orqali XNU talabalari uchun SAP dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish imkoniyatlari, "IT Park Uzbekistan" tomonidan yaratilgan imtiyozlar, raqamli transformatsiyaning eng yaxshi amaliyotlarini yaratish va joriy etish, g‘oyalar almashish va hamkorlik orqali yuqori natijalarga erishish borasida takliflarini ilgari surdi.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikda ta'lim jarayonini boshqarishning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish va tatbiq etishga kelishildi.




