Nordikdan innovatsion platforma: ilmiy kengashning yangi modeli — AI professorlar

Nordikdan innovatsion platforma: ilmiy kengashning yangi modeli — AI professorlar

July 29 , 2026

|

1606

Xalqaro Nordik universitetida professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida "Munozara platformasi: AI professorlarga asoslangan ilmiy kengash simulyatsiyasi" mavzusida onlayn taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Dissertatsiya ishlarini sun'iy intellekt ekspert kabi tahlil qilishi mumkinmi?

Metodologik xatolarni himoyagacha aniqlashning iloji bormi?

AI ilmiy kengash faoliyatini yanada shaffof va sifatli tashkil etishga qanchalik xizmat qila oladi?


Taqdimot davomida ushbu savollarga mualliflar tomonidan batafsil javoblar berildi. Sun'iy intellekt asosida yaratilgan AI professorlar ishtirokidagi ilmiy kengash simulyatsiyasi amalda namoyish etildi. Platformada dissertatsiyalarni ekspertlar darajasida tahlil qilish, ilmiy va metodologik kamchiliklarni erta bosqichda aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatlari mavjudligi ko‘rsatib berildi.

Muhokamalar davomida sun'iy intellekt ilmiy rahbar yoki ekspertning o‘rnini egallashi emas, balki ularning qaror qabul qilish jarayonini aniq tahlillar va tezkor tavsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlovchi vosita ekani alohida ta'kidlandi.

Bu esa ilmiy izlanishlar sifati, dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam sifatida baholandi.

Mazkur platforma ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan barcha tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ilm-fanda raqamli transformatsiya va sun'iy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etish yo‘lidagi navbatdagi innovatsion yechimlardan biridir.

Foto galereya

3
photo-2026-07-29-11-22-02
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-29-11-22-03-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-29-11-22-03
Ko‘rib chiqish
Nordikdan innovatsion platforma: ilmiy kengashning yangi modeli — AI professorlar - Xalqaro Nordik Universiteti