Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitiga bag‘ishlangan dasturiy ahamiyatga ega, konseptual maqolasi mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalari va internet-nashrlarida chop etiladi. Ushbu maqolaga aks-sado sifatida bugun "Xalq so‘zi" gazetasida Nordik Xalqaro Universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori Sherzod Mustafakulov va Nordik Xalqaro Universiteti Ilmiy-innovatsion tadqiqotlar departamenti boshlig‘i Qobiljon Isayevning
"Shanxay hamkorlik tashkiloti: iqtisodiy barqarorlik shartlari va taraqqiyot istiqbollari" sarlavhali tahliliy maqolasi nashr etildi.
Maqolada faoliyatining samaradorligi nuqtai nazaridan nufuzli xalqaro tashkilotga aylangan SHHTning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, muhim iz qoldirgan konsepsiya va tashabbuslari xususida olimlarning kuzatuv xulosalari berilgan. Maqola orqali tashkilotning maslahat formatidan davlatlararo platformaga aylanish yo‘li, O‘zbekistonning SHHTga raisligi tashkilot faoliyatida qanday aks etganligi bilan batafsil tanishish mumkin.




