Ilmiy va innovatsion hamkorlik yangi yutuqlarga yo‘l ochadi

Ilmiy va innovatsion hamkorlik yangi yutuqlarga yo‘l ochadi

January 17 , 2023

|

1480

XNUda ilmiy va innovatsion hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Universitetimizga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining Ilmiy va innovatsion faoliyatga oid dasturlarni shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Otajonov tashrif buyurdi.

Muzokara chog‘ida ilg‘or xorijiy tajribalar, jahon ilm-fanining zamonaviy yutuqlarini o‘rganish va tatbiq etish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish borasida fikr almashildi.