Ilm, tajriba va madaniyat uyg‘unlashgan taʼlim safari!

Ilm, tajriba va madaniyat uyg‘unlashgan taʼlim safari!

January 23 , 2026

|

2023

Malayziyada o‘tkazilgan xalqaro treninglar Nordik delegatsiyasi aʼzolari uchun ilg‘or pedagogik tajribalar va global tafakkur manbai bo‘ldi.

Malaka oshirish davomida olim va ekspertlar ishtirokidagi mashg‘ulotlarda nufuzli jurnallarga maqola yozish va zamonaviy ta’lim yondashuvlari puxta egallandi.


Blum taksonomiyasi asosida maqsadlar belgilash, muammoga asoslangan ta’lim, oliy ta’limda baholash, shuningdek, o‘qituvchilar yetakchiligi va ta’limni rivojlantirish modullari bo‘yicha samarali ilmiy-amaliy ko‘nikmalar shakllandi.


Taʼlim safarida Utara universiteti kampusi bo‘ylab sayohat, oliygoh rahbariyati bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.


Madaniy integratsiya dasturi asosidagi tadbirlar ham qizg‘in kechdi. Manzilli sayohatlar, o‘zbekona mehmondo‘stlik namoyoni, milliy taomlarimiz bilan mehmon qilish orqali Nordik delegatsiyasi va malayziyalik ustozlar o‘rtasida qadriyatlar almashildi, hamkorlik mustahkamlandi, iliq taassurotlar uyg‘otildi.

photo-2026-01-23-15-20-48
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-23-15-20-53
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-23-15-20-34
Ko‘rib chiqish