Ilm eshigini tanlang! Qolgan eshiklar o‘zi ochiladi!

April 17 , 2023
100
Xalqaro Nordik universiteti orqali global ta’lim eshigini oching!
🌍 Xalqaro Nordik universiteti siz uchun xalqaro imkoniyatlar eshigini ochadi!
🎓 Talabalarimiz uchun:
➡️ Fin - o‘zbek xalqlari va madaniyatlararo rivojlanish muhiti
➡️ Muloqot va raqobatbardoshlikning fincha uslublari
➡️ Fin va ingliz tillarini mukammal o‘rganish – ishga joylashishda ustunlik
➡️ Xalqaro imkoniyatlar maydonida bilimlarni rivojlantirish imkoniyati
📍 Xalqaro bilimlarni O‘zbekistonda turib egallang yoki Shimoliy Yevropa davlatlaridagi hamkor universitetlarimizda almashinuv dasturida qatnashing!
💥 Ma'ruzalardan tashqari sizni quyidagilar kutmoqda:
🔹 Madaniy hordiq
🔹 Sayohatlar
🔹 Do‘stlar orttirish
🔹 Mutolaa va rivojlanish
▶️ 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul ochiq!
📌 Bakalavriat yo‘nalishlarini tanlang:
🎓 Magistratura mutaxassisliklari bilan tanishing:
📥 Onlayn hujjat topshiring va kelajagingizni hozirdan yarating!
So'nggi yangiliklar

PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi
Seminar majlisida universitet mustaqil izlanuvchisi Jasurbek Turg‘unovning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
“Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqotda ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asoslangan va dolzarb ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi Aziza Mirzaraximovaning 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligidagi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlar tadqiqoti" mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasi amaliy asoslanganligi eʼtirof etildi.
Seminar davomida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tayanch doktoranti Mahliyo Diyarovaning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosligidagi “Qurilish korxonalarida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi keng muhokama qilinib, zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar innovatsion fikrlar va ilmiy asoslangan yondashuvlarni ilgari surish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida zamonaviy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarga mustahkam nazariy-amaliy tayanch yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Umarov Elshod G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Yangi nashrlar - kelajak ilmlariga poydevor!
"MIKROEKONOMIKA" (rus tilida) darsligida bozor iqtisodiyoti, talab va taklif, mukammal va nomukammal raqobat sir-asrorlari grafik va model asosida tahlil etilgan. Ushbu kitob iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi ilmlarni o‘rganishda qo‘l keladi.
"MAKROIQTISODIY TAHLIL" (rus tilida) darsligi inflyatsiya, ishsizlik, milliy hisoblar tizimi tahlillar va O‘zbekiston sharoitidagi dolzarb yondashuvlar bilan boyitilgan manbadir.
"MAKROEKONOMIKA" (rus tilida)
darsligi davlat siyosati, iqtisodiy barqarorlik va beqarorlik, makroiqtisodiy qonuniyatlar, bir so‘z bilan aytganda iqtisodiy fikrlashni o‘stirish uchun zarur qo‘llanmadir.
"O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODI" darsligida o‘zbek xalqining noyob musiqiy merosi, turli janrlardagi aytimlar, maqomlar, mehnat va marosim qo‘shiqlari ilk bor tizimli tahlil etilgan. Bu darslik musiqiy madaniyatimizni chuqur anglashda har jihatdan muhim manbadir.
Bu yangi nashrlar talabalar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar, soha mutaxassislari uchun yangi ilm va tajribalarni o‘rganishda muhim manbalar vazifasini o‘taydi.