II O‘zbekiston - Finlandiya biznes forumi: istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikning yangi bosqichi

II O‘zbekiston - Finlandiya biznes forumi: istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikning yangi bosqichi

January 21 , 2025

|

1460

Bugun Xalqaro Nordik universiteti tomonidan II "O‘zbekiston-Finlandiya xalqaro biznes-forumi"ning “Zamonaviy va innovatsion qurilish texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro anjumani tashkil etildi.

Finlandiyaning “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, “Elematic” va “East office” yirik kompaniyalari hamkorligida o‘tkazilfyotgan xalqaro forumda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, 50 ta mahalliy kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislari hamda OAVlar vakillari ishtirok etmoqdalar.


Xalqaro Nordik universitetida ushbu forumning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy Konsuli, Nordik universiteti Kuzatuv kengashi raisi Alisher Jo‘rayev forumning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Forum doirasida Finlandiya kompaniyalarining eng zamonaviy qurilish texnologiyalari, innovatsion ishlanmalari, asbob-uskunlari hamda qurilish konsepsiyalari namoyish etilishini ma’lum qildi. 


Finlandiyaning Markaziy Osiyodagi favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raisanen forumda yetakchi fin kompaniyalari va mahalliy biznes vakillarining B2B, B2G uchrashuvlari tashkil etilishi o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolash va kelajakda istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. O'zbekistonda iqtisodiyot sektorlarining jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi.


Finlandiyaning eng katta aksiyadorlik jamoalarini o‘z ichiga olgan “East office” kompaniyasi ijrochi direktori Janne Harjunpaa forum ishida barcha delegatlarga muvaffaqiyat tiladi.


Biznes-forumda delegatlar tomonidan ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar namoyish etildi. “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, “Elematic” va “East office” kompaniyalarining innovatsion yechimlari, tajribalari, tadqiqot va biznes loyihalari, maqsadlari va O‘zbekistonda tizimlarga olib kirilishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalari bilan tanishildi. 


Forumda biznes va ishbilarmon doiralar tomonidan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqboli muhokama qilindi.


O‘zbekiston - Finlyandiya kompaniyalarining iqtisodiy munosabatlarini kengaytirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan qo‘shma ishlab chiqarish va savdo ob’yektlarini yaratish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, iqtisodiy sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning amaliyotlarini tashkil etish kabi qator yo‘nalishlarda kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari mavjudligi ma’lum qilindi. 


Forum doirasida B2B, B2G formatdagi uchrashuvlar o'tkaziladi va har tomonlama manfaatli hamkorlik borasida muzokaralar olib boriladi. Ishbilarmon doiralar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanadi va kelajakda istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishiladi.

 

 Ma’lumot uchun: 2022-yil Xalqaro Nordik universiteti va “Saipro Group” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonda ilk bor birinchi "O‘zbekiston-Finlyandiya xalqaro biznes-forumi" o‘tkazilgan. Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, xususan, Nokia, Reka Sables, FinnPartnership, Honka, Kone, Suokone kabi 30 dan ortiq kompaniya rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etgan.

 

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Dastur doirasida 14 nafar talaba xorijga yo‘l oldi. Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar endi auditoriyada olgan bilimlarini xalqaro ish muhitida amaliyot orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Bu safar ular uchun sayohat, yangi tajribalar, kasbiy ko‘nikmalar va xalqaro mehnat muhitini o‘rganish maktabidir.


Talabalar Bolgariyada ishlash, o‘rganish va sayohat qilish orqali o‘z sohalariga oid qimmatli tajribalarni jamlab, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib qaytadilar.

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Ular turli tadbirlar, loyihalar va tashabbuslari orqali talabalarni birlashtirib, universitet hayotini yanada qiziqarli, rangli va jonli qilishga munosib hissa qo‘shdilar.


Har bir g‘oya, har bir tashabbus va har bir ezgu mehnatingiz uchun rahmat!


Sizlar Nordikning eng faol, eng shijoatli va eng ilhomlantiruvchi yoshlari sifatida barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdasiz.


👏 Mehnatingiz biz uchun qadrli! Yutuqlaringiz bardavom, orzularingiz yanada ulkan bo‘lsin!

Parlament hayoti: Nordik talabalari qonunlar yaratilish jarayonini o‘rgandilar

Parlament hayoti: Nordik talabalari qonunlar yaratilish jarayonini o‘rgandilar

Tashrif davomida talabalar Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi faoliyati bilan tanishib, deputatlar ishtirokidagi ochiq muloqotda qatnashdilar.


Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosati, yangi qonunlarning mazmun-mohiyati, siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar, Yoshlar parlamenti hamda parlament faoliyatining muhim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Ayniqsa, qonun loyihalarining yaratilishidan tortib, muhokama va qabul qilinishigacha bo‘lgan jarayonlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Deputatlar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, o‘z faoliyatlarining amaliy jihatlarini ochib berdilar.


Ekskursiya doirasida talabalar Oliy Majlis tarixiga bag‘ishlangan muzey, zamonaviy parlament kutubxonasi va qonunlar qabul qilinadigan majlislar zalini ham ko‘zdan kechirdilar.


Ushbu uchrashuv yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini boyitib, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

Yakuniy marra — imtihonlar o‘tkazilmoqda

Yakuniy marra — imtihonlar o‘tkazilmoqda

Fanlar xususiyatlaridan kelib chiqib, imtihonlar test hamda amaliy ijro shaklida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.


Har bir akademik guruh tasdiqlangan grafik bo‘yicha bosqichma-bosqich imtihon topshiryapti. Talabalarning puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun kutubxona fondidan samarali foydalanish, qo‘shimcha maslahatlar olish imkoniyatlari yaratilmoqda.


Imtihonlar talabalar bilimini baholash bilan birga ta’lim sifatini yanada takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaʼni, mazkur jarayonlarda maxsus so‘rovnomalar o‘tkazilib, talabalar fikri va takliflari o‘rganilyapti.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish