Tashrif davomida ilmiy, madaniy tajriba almashish, ikki mamlakat ta’lim tizimlari o‘rtasida yangi bilim va innovatsion yondashuvlar almashinuvi ko‘zda tutilgan.
Mehmonlar dastlab Nordik professor-o‘qituvchilari hamrohligida Samarqandning boy tarixiy merosi, betakror me’moriy obidalari va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishib, O‘zbekistonning madaniy salohiyatini kashf etdilar.
Endi esa xalqaro akademik muloqotning navbatdagi muhim bosqichi boshlanadi. Malayziyalik ekspertlarni Nordik auditoriyalarida yuzma-yuz uchrashuvlar, offlayn ma’ruzalar va interaktiv mashg‘ulotlar kutmoqda.
Bu jarayon xorijiy professorlarning ilmiy qarashlari, ilg‘or pedagogik tajribasi va xalqaro ta’lim amaliyotini bevosita o‘rganish imkonini beradi.
Malayziyadan Nordikka: muloqot va madaniy tajriba sari!

November 09 , 2026
258
Xalqaro Nordik universitetiga malayziyalik professor-olimlar va ta’lim ekspertlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring