Malaka oshirish kursida yurtimiz oliy taʼlim muassasalarining 14 nafar professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda, Toshkent tajribasi asosida saralangan, Toshkent "Hokim sovrini" olimpiadasi sohiblari sifatida taʼlim vaucheri bilan taqdirlangan fizika-matematika fani ustozlari jamlangan.
Ayni paytda tinglovchilar Jyväskylä shahrida bo‘lib, Finlandiya va Shvetsiyaning ilg‘or taʼlim muhitida malaka oshirmoqdalar.
Jarayon davomida ular maktabgacha taʼlimdan tortib oliy taʼlimgacha bo‘lgan uzluksiz tizim, pedagoglarni tayyorlash modeli, zamonaviy o‘qitish metodikalari va taʼlimni raqamlashtirish mexanizmlarini chuqur o‘rganmoqdalar.
Finlandiya ta’lim modeli bugungi kunda global miqyosda samaradorligi bilan ajralib turadi. Uning asosiy ustunliklari shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, o‘qituvchi kasbining yuqori maqomi, innovatsion va raqamli yechimlarning keng joriy etilishi hamda baholashda bosimdan ko‘ra motivatsiyaga ustuvorlik berilishidir.
Mazkur dastur nafaqat tajriba almashish, transfer mexanizmini ham ko‘zda tutadi. Yaʼni, o‘zlashtirilgan bilim va yondashuvlarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish va amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Tinglovchilar kelgusida ilg‘or metodikalarni amaliyotga tatbiq etish, raqamli ta’lim muhitini kengaytirish hamda o‘qitishda sifat o'zgarishlarini amalga oshirish mahoratiga ega bo‘ladilar.
Bugungi ta’lim makonida raqobat nafaqat bilim, tizimli yondashuv va innovatsiyalar bilan ham belgilanadi. "Nordic training" markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu dastur esa aynan shu omillarni — bilim, tajriba va transformatsiyani birlashtirib, milliy ta’lim rivoji uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.










