Finlyandiyaning yashil texnologiyalari Qo‘qonda tatbiq etiladi

Finlyandiyaning yashil texnologiyalari Qo‘qonda tatbiq etiladi

February 20 , 2023

|

1418

Qo‘qonda Finlyandiyaning chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalari tatbiq etiladi.

🌱 Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov va Finlyandiyaning "Kauko International" kompaniyasi direktori Niiles Airola o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.

Muzokarada fin kompaniyasining ekologik yechimlarga integratsiyalangan faoliyati va uning Qo‘qonda tatbiq etilishi muhokama qilindi.

🌍 Niiles Airola Finlyandiyaning dunyodagi eng ekologik toza mamlakatlardan biri ekani, chiqindilarni qayta ishlash darajasi 98% ni tashkil etishi va ushbu ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston, xususan Qo‘qon shahrida joriy etish muhimligini ta’kidladi.

Qo‘qon shahar hokimi yashil innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.