🌱 Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov va Finlyandiyaning "Kauko International" kompaniyasi direktori Niiles Airola o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.
♻ Muzokarada fin kompaniyasining ekologik yechimlarga integratsiyalangan faoliyati va uning Qo‘qonda tatbiq etilishi muhokama qilindi.
🌍 Niiles Airola Finlyandiyaning dunyodagi eng ekologik toza mamlakatlardan biri ekani, chiqindilarni qayta ishlash darajasi 98% ni tashkil etishi va ushbu ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston, xususan Qo‘qon shahrida joriy etish muhimligini ta’kidladi.
✅ Qo‘qon shahar hokimi yashil innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.




