Finlandiyada trening va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Finlandiyada trening va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

April 25 , 2023

|

1728

Finlandiyada XNU delegatsiyasi uchun Jyväskylä universitetida trening va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

📌 Xalqaro Nordik universiteti prorektori Odil Qo‘ysinov boshchiligidagi delegatsiya Jyväskylä universitetida trening va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

🔹 Mazkur mashg‘ulotlar davomida delegatsiya a’zolari Finlandiya ta’lim tizimining ilg‘or yondashuvlarini o‘rganmoqdalar.

🔹 Jyväskylä universiteti tajribasi asosida quyidagi muhim mavzular ko‘rib chiqilmoqda:

✔️ Oliy ta’lim standartlari va malaka talablari

✔️ O‘quv rejalari va fan dasturlari

✔️ Kredit-modul tizimi va mustaqil ta’lim jarayonlari

✔️ Ta’limni raqamlashtirish

✔️ O‘qitish metodikasi va interaktiv metodlarni qo‘llash

📢 Bu treninglar O‘zbekistonda ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qiladi!