Fin ta'lim tizimi tajribalari o‘rganilmoqda

Fin ta'lim tizimi tajribalari o‘rganilmoqda

November 22 , 2022

|

2556

Seminar-treningda Finlandiya ta'lim tizimi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Ishtirokchilar ijodkorlik, tenglik va ishonchga asoslangan ta'lim tajribasidan saboq olishmoqda.

Finlandiyalik professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi seminar-trening qizg‘in davom etyapti. 


Ta'lim maslahatchisi Hanni Koli trening ishtirokchilarini Finlandiya ta'lim tizimining ustuvor jihatlari bilan keng tanishtirmoqda. Ta'limda jahon tendensiyasi va fin ta'lim tizimini qiyosiy, tahliliy ochib beryapti.


Ya'ni, raqobatga emas ijodkorlikka, sinovlarga asoslangan javobgarlik emas aksincha ishonchga asoslangan mas'uliyatga, maktablarni erkin tanlashga emas tenglikka qurilgan fin ta'lim tizimi tajribalaridan saboq berilmoqda.