#besh_tashabbus #kitobxonlik
Jahon iqtisodiy jarayonlari keng tahlil etilgan bu asar Nordik talabalari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Kitob ustozlar bilan birgalikda o‘qildi, undagi asosiy g‘oyalar, tarixiy misollar va iqtisodiy xulosalar tahlil qilindi.
Iqtisodchi bo‘lish — bu faqat raqamlar bilan ishlash emas. Bu o‘ylash, tahlil qilish, sabab va oqibatlarni farqlash, murakkab jarayonlarni keng qamrovda ko‘ra olish san’atidir. Talabalarda aynan shunday chuqur fikrlash madaniyatini rivojlantirish maqsadida esselar tanlovi tashkil etildi.
O‘qilgan qism asosida ular o‘z qarashlari, tahlillari va xulosalarini ijodiy esse orqali ifoda etdilar.
Oldinda tanlovning navbatdagi bosqichi bor. G‘oliblarni pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari kutmoqda.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!







