Muhandislik tafakkuri bilan yana bir yutuq!

Muhandislik tafakkuri bilan yana bir yutuq!

September 29 , 2026

|

154

Nordikning tajribali ustozi O‘lmas Zoirov — “Kelajak muhandislari” stajirovka tanlovi g‘oliblari safidan o‘rin oldi!

U innovatsion g‘oya, muhandislik tafakkuri va amaliy yechimlar jamlangan “Wheel Chair” loyihasi bilan professor-o‘qituvchilar kategoriyasida 4-o‘ringa muvaffaq bo‘ldi.

“INNO Technopark”da bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov g‘oliblarni taqdirladi. Stajirovka o‘tash tanlovi g‘oliblari qatorida Nordik ustoziga 60 kungacha bo‘lgan stajirovka yo‘llanmasi topshirildi.

O‘lmas Zoirov mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan besh nafar istiqbolli muhandislik loyihalari mualliflari qatorida yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yanada yangi marra va muvaffaqiyatlar tilaymiz, ustoz!

Foto galereya

3
photo-2026-09-29-18-47-23
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-29-18-23-03
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-29-18-22-47
Ko‘rib chiqish