Tadbirda Turkiyaning tajribali mutaxassislari, xususan, Esra Yücel ishtirok etib, ilg‘or tajriba va innovatsion metodlarni taqdim etdi.
Seminarda Nordik universitetining “Maxsus pedagogika" (logopediya) yo‘nalishi faoliyati ham namoyish etildi. Universitet katta o‘qituvchisi Zulfizar Baxadirovaning taqdimoti xorijlik mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Anjuman natijasida yangi o‘quv yilidan ilmiy tajriba almashish maqsadida Hacettepe University bilan hamkorlik istiqbollari belgilandi. Turkiya mutaxassislari va “INVIVO” klinikasi bilan koxlear implantli bolalarga korreksion yordam ko‘rsatishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bu esa maxsus pedagogika, logopediya va surdopedagogika yo‘nalishlarida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Seminar davomida talabalarga eng zamonaviy xalqaro metodikalar o‘rgatildi, universitet kutubxonasi esa yangi ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi.







