"Eng yaxshi video-monolog" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

"Eng yaxshi video-monolog" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

May 18 , 2023

|

68

"Eng yaxshi video-monolog" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi! 🏆 1-o‘rin: Munisa Jonboyeva, 2-o‘rin: Norbibi Halilova, 3-o‘rin: Dilafruz Tashanova.

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan "Eng yaxshi video-monolog" ko‘rik-tanlovi juda qizg‘in kechdi.

📌 Tanlov jarayoni:

🔹 1-bosqich – Saralangan videolar tanlab olindi.

🔹 2-bosqich – Ochiq ovoz berish orqali g‘oliblar aniqlandi.

🏆 G‘oliblarimiz:

🥇 1-o‘rin – Munisa Jonboyeva, MUS-123 guruh talabasi

🥈 2-o‘rin – Norbibi Halilova, MUS-123 guruh talabasi

🥉 3-o‘rin – Dilafruz Tashanova, 1-MLS-22 guruh talabasi

🎉 Tanlovda ishtirok etgan barcha faol talabalarimizga minnatdorchilik bildiramiz!

👏 G‘oliblarimizni qizg‘in qarsaklar bilan tabriklaymiz! 👏👏👏

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari

Uchrashuv davomida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, maktab o‘quvchilari uchun bakalavriat bosqichida xalqaro taʼlim dasturlariga yo‘l ochish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.


Yuqori sifatli taʼlimni taʼminlash va taʼlim innovatsiyalarini keng qo‘llash, talabalarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish va akademik salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik Memorandumi imzolandi.


Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi

Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi

Tasdiqlangan adabiyotlar: 


📘 "Mikroekonomika" darsligi (Sh.Mustafakulov, X.Sabirov, R.Mardanova) 


📔 "Amaliy matematika" o‘quv qo‘llanmasi (A.Boltayev, X.Xudoyberdiyev, B.Atamuradova) 


📗 "Макроэкономический анализ" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, E.Umarov) 


📕 "Makroiqtisodiy tahlil" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, K.Ibragimova, Sh.Rajabov) 


📙 "Makroiqtisodiy siyosat" darsligi (R.Mardanova, I.Qodirov, Z.Uralbayev) 


🎼 "Orkestr sinfi" o‘quv qo‘llanmasi (I.Ro‘zimurodov)


📓 "English for management" darsligi (D.Nasriddinov)


📙 "Maktabgacha taʼlim asoslari" o‘quv qo‘llanmasi (D. Maxmudova).


Ilmiy salohiyat, amaliy tajriba va metodik yangiliklar uyg‘unligida yaratilayotgan har bir nashr talabalar uchun sifatli taʼlimga yo‘naltirilmoqda.


MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda

MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda

Unda o‘nlab nufuzli oliygohlar qatorida XNUning Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Abdurauf Tolibov ham ishtirok etyapti. U "O‘zbekistonda oila, huquq va jamiyat, korrupsiya va huquqiy madaniyat" mavzusida maʼruza qildi. 


Konferensiyada qizg‘in munozaralar asosida korrupsiyaga qarshi yechimlar borasida xalqaro tajribalar almashilmoqda.

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Busan shahrida joylashgan, mintaqada va mamlakat miqyosida yetakchi innovatsion universitet vakillari bilan qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda integratsiyalashgan qo‘shma taʼlim dasturlari ochish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashish, amaliy o‘rganish imkoniyatini oshiruvchi virtual taʼlim strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish xususida so‘z bordi.


Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish