Ular Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Utara universiteti (UUM) tomonidan tashkil etilgan CONNECT — Collaborative Network for Educator Capacity and Teaching Transformation professional rivojlanish dasturi doirasida o‘z bilim va tajribalarini boyityaptilar.
Mazkur dastur ustozlarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, raqamli ta’lim dizayni, baholashning ilg‘or mexanizmlari, service learning hamda kelajakka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini amaliy asosda o‘rganishga qaratilgan.
Ikki hafta davom etadigan ushbu ta’lim safari doirasida Nordik delegatsiyasi Kuala-Lumpur va Kedah shaharlarida bo‘lib, CONNECT dasturiga oid treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashadilar.
Ushbu xalqaro ta’lim tashrifi yangi xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, global akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda Nordik universiteti ta’lim muhitiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish yo‘lida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.




