"E voh"-2025: adabiyot nuri qalblarni birlashtirdi

"E voh"-2025: adabiyot nuri qalblarni birlashtirdi

October 19 , 2025

|

982

Olimpiada doirasida o‘tayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir ishtirokchi-ustoz uchun unutilmas ilhom manbaiga aylanmoqda.

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan adabiy suhbatlar, badiiy dasturlar barchani tafakkurga va qalam tebratishga chorladi. 


Ishtirokchi-ustozlar uchun “Adiblar xiyoboni”ga tashrif uyushtirilib, buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yildi.


Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, shoirlar — Davron Rajab va Dadaxon Muhammadiy ishtirokidagi samimiy adabiy, maʼnaviy suhbatlar, ilhomli sheʼrxonlik kechasi qalblarga badiiyat nurini olib kirdi. 


Xiyobonda zabardast adib, atoqli shoir Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik obidasi qarshisida davom etgan adabiyot kechasida shoirning dilbar sheʼrlari yangradi, kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan uyg‘unlashdi.


Olimpiada ishtirokchilarining shu ilhomli onlarda yozgan sheʼrlari bayoz ko‘rinishida Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida chop etilishi rejalashtirilmoqda.


Olimpiada doirasida qiziqarli va mazmunli anjumanlar ertaga ham davom etadi.

photo-2025-10-19-18-05-48-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-18-05-49-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-18-05-49-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-18-05-48-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-18-05-50-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-18-05-48-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-18-05-50
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-18-05-49
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-16-53-58
Ko‘rib chiqish