Dual taʼlim: yoshlar kelajagini mehnat bozori bilan bog‘laydigan ko‘prik

Dual taʼlim: yoshlar kelajagini mehnat bozori bilan bog‘laydigan ko‘prik

October 13 , 2026

|

212

Yoshlar kelajagi, ta’lim sifati va mehnat bozori eng muhim masalalardir. Bugun “Xalq so‘zi” gazetasida Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulovning “Dual taʼlim: yoshlar kelajagini mehnat bozori bilan bog‘laydigan ko‘prik” nomli tahliliy maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada zamonaviy ta’limning dolzarb yo‘nalishlari chuqur tahlil qilingan. Jumladan, Prezidentning ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvida ilgari surilgan oliy taʼlimda dual taʼlimni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyati, nazariya va amaliyot uyg‘unligi, talabalarni kasbiy faoliyatga erta tayyorlash imkoniyatlari borasidagi nuqtai nazarlari o‘z aksini topgan.

Shuningdek, “Korxona — universitet — maqsadli kadr” modeli, oliy ta’lim va ish beruvchilar hamkorligini mustahkamlash orqali mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlash, bu borada Germaniya tajribasi, yaʼni dual ta’limni rivojlantirishda xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan.

Maqolada bitiruvchining natijasi — ta’lim samaradorligini kasbiy mahorat, amaliy ko‘nikma va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyati bilan baholash muhimligi qayd etilgan.

Ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik — yoshlar bandligi, iqtisodiy taraqqiyot va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim omilidir. Bu dolzarb mavzudagi maqola ta’lim kelajagi, yoshlar imkoniyatlari va zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalariga yangicha nazar bilan qarashga chorlaydi.

🗞 Maqolani “Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 13-oktyabr sonida batafsil o‘qing!