Dissertatsiya ishlari himoyasi o‘tkaziladi

Dissertatsiya ishlari himoyasi o‘tkaziladi

January 08 , 2025

|

2194

Ilmiy hayot

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Yo‘ldoshev Jahongir To‘raboyevichning 08.00.07 – "Moliya, pul muomalasi va kredit" ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish" mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi e’lon qilindi.


Dissertatsiya himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-yanvar kungi soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. 


Shuningdek, Isoqov Zafarjon Zokirovichning 08.00.07– "Moliya, pul muomalasi va kredit" ixtisosligi bo‘yicha “Mahalliy korxonalari innovatsion salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi o‘tkaziladi. 


📍Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi -22 А uy, XNU 2-binosi 1-qavatidagi majlislar zali. 


Tel.: (99855) 508-44-00

e-mail: info@nordicuniversity.org