Malayziyada o‘tkazilayotgan malaka oshirish mashg‘ulotlari doirasida raqamli portfel ishlab chiqish hamda talabalarning o‘rganish jarayonini namoyish etish bo‘yicha amaliy sessiyalar yuqori saviyada o‘tdi.
Mazkur mashg‘ulotlarda Utara universiteti olimlari Nordik universiteti ustozlari bilan o‘zaro ta’lim tajribalarini baham ko‘rmoqdalar.
Nordik universitetining xorijiy til o‘qituvchilari, iqtisodchilar, IT mutaxassislari hamda pedagoglar ilg‘or promptlar bilan ishlashni o‘rgandilar.
Shuningdek, PBL — loyiha asosida o‘qitish metodi bo‘yicha jamoaviy, qizg‘in va samarali ish olib borildi. Muammo va savollar asosida o‘rganish, jamoada ishlash, tadqiqot va tahlil qilish, yechim ishlab chiqib, uni taqdim etish kabi jarayonlar orqali talabani faol o‘rganuvchiga aylantirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik ko‘nikmalar shakllandi.













