Kitob bolalarni fikrlashga undaydi, 🎨 rasmlar orqali tasavvurini kengaytiradi, savollar va topshiriqlar bilan suhbatga chorlaydi. Muhimi, ota-onalar va pedagoglar uchun maxsus yo‘riqnoma bilan boyitilgan.
Rassom Asilaxon Shadixodjayevaning rasm-bezaklari esa har bir sahifani kichik san’at asariga aylantirgan.
Kitob bolajonlar bilan birgalikda o‘qiladigan, yakunini birga ijod qilsa bo‘ladigan qiziqarli o‘ziga xos asardir.
Muallifning “Quvonch” kitobi ham bolajonlarni hayotni ranglar orqali his qilishga, mutolaaga odatlanishga, orzu qilish va maqsad sari intilishga chorlaydi.
Shuningdek, milliy qadriyatlarni anglash, tasvirlash, rasm chizish, fikrini erkin ifodalash — barcha mashg‘ulotlar bir kitobda jamlangan.
Har bir sahifa bolajonlarni kichik sarguzashtlar olamiga olib kiradi. Bu kitoblar bolalarga nafaqat o‘qishni, balki o‘ylashni va yaratishni ham o‘rgatadi.




