YO ILMLI BO‘LING YOKI ILMGA TAYANIB ISH TUTADIGAN...
Har bir jamiyat uchun yoshlar kamoli birlamchi masalalar sirasiga kiradi. Ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ularning sifatli bilim olishi istiqbol uchun muhimdir.
"Xalq so‘zi" gazetasining bugun, 2-fevral kungi sonida nashr etilgan Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulovning maqolasida yoshlarning aqliy rivoji yo‘lida ilm ahli, jamiyatimiz a'zolari oldida turgan muhim vazifalar, ilgari surilayotgan ezgu tashabbuslar xususida bayon etilgan.
Maqolani o‘qing va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida aks etgan, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, iste’dodli yoshlarni kashf etish maqsadida o‘tkazilayotgan, yoshlar qobiliyatini ro‘yobga chiqaruvchi OLIMPIADALAR (TASIMO - Tashkent International Mathematics Olympiad), maqsad uchun mehnat, natija sari eltayotgan yo‘llar borasida kengroq ma'lumot oling.




