Bolalarni sevish, xotirjamlik, sabrlilik...

Bolalarni sevish, xotirjamlik, sabrlilik...

January 25 , 2024

|

2382

Logopediya talabalari maxsus maktabda amaliy dars o‘tkazdi.

Maxsus pedagogika (Logopediya) yo‘nalishi talabalarida o‘z kasblariga xos shunday xususiyatlar shakllantirilmoqda.

Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi Zulfizar Baxadirova tomonidan Yakkasaroy tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan maktabda ko‘chma dars tashkil etildi.

Talabalarga logoped-ustozlarning turli tashxislar asosida alohida ta'limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga korreksion yordam mashg‘ulotlarini kuzatish imkoniyati yaratildi. Talabalar o‘z tanlagan sohalariga yanada qiziqishlari ortganini e'tirof etdilar.