G‘oyalar generatori bilan qiziqarli uchrashuv

G‘oyalar generatori bilan qiziqarli uchrashuv

March 06 , 2023

|

1556

XNUda Ulug‘bek Ismatov bilan innovatsion g‘oyalar va startaplar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"MPMG" media markazi rahbari Ulug‘bek Ismatov talabalarimiz bilan erkin muloqot o‘tkazdi.

Tadbirkor, g‘oyalar generatori va ijodkor o‘z treningida – resurslarsiz g‘oyani amalga oshirish, media markaz tashkil etish, nomdor mijozlar bilan hamkorlikka erishish jarayonlari haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, talabalar data science, aql markazlari, g‘oyalar generatsiyasi hamda muvaffaqiyatli startaplar siri haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.