“Xalq so‘zi”da muhim mavzu: sondan — sifatga, tasavvurdan — tafakkurga!

“Xalq so‘zi”da muhim mavzu: sondan — sifatga, tasavvurdan — tafakkurga!

October 27 , 2026

|

160

Bugun ta’lim haqida gap ketganda, ko‘pincha raqamlarni sanaymiz: nechta universitet, qancha talaba, qancha yo‘nalish? Ammo bundan-da muhim savol bor: bu raqamlar ortida qanday bilim, qanday salohiyat va qanday kelajak turibdi?

Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulovning “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan maqolasida aynan shu masalalarga e’tibor qaratilgan.

Maqolada ta’limdagi o‘zgarishlar mazmuni, samarasi va jamiyat uchun ahamiyatini qayta ko‘rib chiqishga chorlangan. Muallif ta’limni rivojlantirishga doir muhim masalalarni uzviy bog‘liq holda tahlil qilgan.

“Maktabdan universitetgacha: shakldan mazmun birlamchi”.
Ta’limning barcha bosqichlari o‘zaro bog‘liq. Maktabda shakllangan bilim, fikrlash madaniyati va o‘rganish ko‘nikmalari oliy ta’limda yanada rivojlanishi kerak. Shuning uchun ta’limdagi islohotlar faqat tashkiliy o‘zgarishlar bilan cheklanmasdan, o‘qitish mazmuni va natijalariga ham daxldor bo‘lishi lozim.

“Bir xil talab va adolatli raqobat”.
Ta’limdagi adolat — barcha uchun bir xil mezonlar, shaffof baholash va teng imkoniyatlar mavjudligini anglatadi. Bu borada davlat hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan adolatli yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi.

“Nomuvofiqliklarga yechim zarur”.
Maqolaning e’tiborga molik jihatlaridan biri — oliy ta’limdagi ayrim tizimli nomuvofiqliklar muhokama qilingan. Amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish va natijani baholash imkonini beradigan yechimlar taklif etilgan.

“Xalq so‘zi” gazetasining 27-oktyabr, bugungi sonida e’lon qilingan maqola ta’limning ustuvor masalalari yuzasidan fikr almashish, mavjud muammolarni tahlil qilish va amaliy yechimlar haqida mushohada yuritishga undaydi. Batafsil gazetada o'qing.