Adabiyot ruhi: Nordikda ilm ildiz otmoqda

Adabiyot ruhi: Nordikda ilm ildiz otmoqda

October 21 , 2025

|

1587

Nordikning Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari Sitora Shomurodova va Aziza Muratova Navoiy shahrida o‘tkazilgan “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat maʼnaviy va maʼrifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi V xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdilar.

Anjumanda dunyo mamlakatlaridan navoiyshunos olimlar, taniqli professorlar va ijodkor ziyolilar o‘z tadqiqotlari asosida ma’ruza qildilar.


Sitora Shomurodova “Tuhfat as-salotin” Navoiy ijodi talqinining manbasi sifatida", Aziza Muratova esa “Alisher Navoiyning “Xamsa”sida Yusuf a.s. obrazi” mavzularida ilmiy chiqishlar qildilar.


Turkiyalik adabiyotshunos Kemal Yavuz Ataman tomonidan maʼruzachi ustozlarimizga Ko‘nya shahridagi “Alisher Navoiy Xotira o‘rmoni”ga daraxt ekish uchun shaxsiy sertifikat taqdim etildi.

Bu ramziy sovg‘a — ilm va ma’rifat yo‘lida qo‘shilgan hissaning barhayot timsolidir.


Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov va Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi direktori, "E voh" o‘zbek tili va adabiyoti hakamlar hayʼati raisi Olimjon Davlatov ustozlarimizni samimiy tabriklab, ularning yutuqlarini yuqori baholadilar.

photo-2025-10-21-10-40-02
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-21-10-40-04-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-21-10-40-04
Ko‘rib chiqish