Muloqot davomida yoshlarning ilmiy, ijodiy va ma’naviy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish hamda innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish masalalarida so‘z bordi.
Ilmiy-amaliy konferensiyalar, forum va festivallar tashkil etish, yoshlarning madaniyat va san’atga qiziqishini oshirish,
kreativ va innovatsion loyihalarni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning ahamiyati taʼkidlandi.
Shuningdek, “Innovation Scholar” ilmiy jurnalining salohiyatini universitetning boy ilmiy-tadqiqot resurslari va professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalari bilan boyitish, faol xodimlar va talaba-yoshlarni "Ziyoli avlod — millat iftixori" esdalik nishoni bilan taqdirlash, ma’naviy-ma’rifiy loyihalar orqali yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini keng namoyon etishga kelishildi.
Shuningdek, o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanib, bilim, ma’rifat va kreativ tafakkur uyg‘unlashgan yangi imkoniyatlarga yo‘l ochildi.










