Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasida 30 yildan ortiq vaqt davomida rivojlanib kelayotgan diplomatik aloqalarning mantiqiy davomi bo‘lib, xalq diplomatiyasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Jamiyatning asosiy maqsadi ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar, madaniyat hamda jamoatchilik diplomatiyasi yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Shu bilan birga, yoshlar, olimlar, tadqiqotchilar va ijodkorlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va madaniy tadbirlarni amalga oshirish orqali yangi imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Jamiyatning birinchi taʼsis yig‘ilishi Xalqaro Nordik universitetida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Abdumalikxon Uroqov moderatorligida o‘tkazildi.
Unda universitet rektori, "O‘zbekiston–Finlandiya" do‘stlik jamiyati nazorat-taftish komissiyasi a’zosi, professor Sherzod Mustafakulov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida erishilgan natijalar haqida atroflicha fikr bildirdi. U xalq diplomatiyasi davlatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlovchi va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ochuvchi muhim omil ekanini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘anisher Irmatov Finlandiya Respublikasi 1991-yil 30-dekabrda O‘zbekiston mustaqilligini tan olgani, 1992-yilda esa ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganini taʼkidladi.
Shuningdek, u mazkur hamkorlik bugungi kunda ta’lim, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa qator yo‘nalishlarda izchil rivojlanayotganini eʼtirof etdi. Do‘stlik jamiyatlarining so‘nggi yillardagi amaliy natijalarini sanab o‘tdi.
Yig‘ilishda, O‘zbekiston — Finlandiya hamkorligi samarasida Xalqaro Nordik universiteti ilg‘or rivojlanish yo‘lidan borayotgani ham tilga olindi.
Majlisda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmoni bilan xorijdagi vatandoshlarning farzandlariga o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini 62 taga, aynan xorijiy davlatlar bilan do‘stlik jamiyatlari sonini esa joriy yilda 50 taga yetkazish vazifasi belgilangan. Ushbu maqsadlar ijrosida O‘zbekiston–Finlandiya do‘stlik jamiyati ham muhim o‘rin egallashi aytib o‘tildi.
Majlis davomida Xalqaro Nordik universiteti Boshqaruv kengashi raisi, Finlandiyaning O‘zbekistondagi Faxriy konsuli Alisher Rahmatullayevich Jo‘rayev "O‘zbekiston–Finlandiya" do‘stlik jamiyati Boshqaruv kengashi raisi, universitet prorektori Odil Qo‘ysinov esa rais o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Shuningdek, jamiyat boshqaruv kengashi hamda nazorat-taftish komissiyasi a’zolari tanishtirildi va ularning fikrlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar jamiyatning istiqboldagi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashib, mazkur tuzilma O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasidagi iqtisodiy, ilmiy, ta’limiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi, o‘zaro ishonchni mustahkamlashi hamda istiqbolli qo‘shma loyihalar uchun samarali platformaga aylanishiga ishonch bildirdilar.
O‘zbekiston–Finlandiya do‘stlik jamiyati — bu ikki davlatni nafaqat diplomatik aloqalar, balki ilm, tafakkur, madaniyat va insoniy qadriyatlar orqali yanada yaqinlashtiradigan yangi muloqot maydonidir.
Yangiliklar
Xalq diplomatiyasida yangi ko‘prik: O‘zbekiston–Finlandiya do‘stlik jamiyati faoliyat boshladi

July 03 , 2026
943
Bugungi globallashuv davrida davlatlar o‘rtasidagi mustahkam ko‘priklar ilm-fan, ta’lim, madaniyat va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch orqali bunyod etilmoqda. Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida O‘zbekiston–Finlandiya do‘stlik jamiyati tashkil etildi.









So'nggi yangiliklar

Shaffof qabul: zamonaviy media uchun saralash o‘tkazildi
Jurnalistika taʼlimiga saralash jarayoni shaffof va sifatli tashkil etildi. Yozma ijodiy ish va suhbatlarda o‘z salohiyatini namoyon etgan nomzodlar jurnalistika olamiga ilk qadamlarini tashladilar.
Abituriyentlarga o‘z bilimi, dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi, ijodiy yondashuvi va muloqot madaniyatini erkin namoyish etish imkoniyati yaratildi. Baholash jarayonida zarur talab va mezonlarga amal qilindi.
Maʼlumot o‘rnida, Nordikda sun'iy intellekt davrida axborotni nafaqat yetkazadigan, balki uni tahlil qiladigan, tekshiradigan va jamiyatga taʼsir ko‘rsatadigan jurnalist kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. UzReport Jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasida tahsil olib, Euronews hamkorligidagi xalqaro imkoniyatlar, YXHT media treninglari va tajribali jurnalistlar mahorat darslaridan bahramand bo‘lish mumkin.
📌 Qabul davom etmoqda!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Ro‘yxatdan o‘ting:
https://cabinet.nordicuniversity.org/register?utm_source=ref_qabulkanal&utm_campaign=qabul-2026
📞 Murojaat uchun: +998555084400

Xalqaro malaka oshirish dasturi qizg‘in davom etmoqda
Dastur ishtirokchilari sunʼiy intellektning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan birga, ilg‘or AI platformalarini taʼlim jarayonlari va universitet boshqaruviga tatbiq etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqdalar.
Shuningdek, tinglovchilar Rowan Universityning ilg‘or tajribasi, yuqori unumdor hisoblash markazi (High-Performance Computing Center), AI asosidagi ta'lim yechimlari, VR va XR texnologiyalarining qo‘llanilishi hamda AQSHning innovatsion ekotizimi bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Dastur davomida har bir modul nazariya bilan cheklanmay, amaliy loyihalar, keys tahlillari, ekspertlar bilan uchrashuvlar va strategik muhokamalar orqali qizg‘in va samarali kechmoqda.

AQShga taʼlim safari: sunʼiy intellekt bo‘yicha malaka oshirish dasturi boshlandi
Rowan University bazasida "Artificial Intelligence (AI) in Education: Concepts, Leadership and Implementation Practices" 10 kunlik intensiv xalqaro malaka oshirish dasturi davomida AQSHning ilg‘or tajribalari o‘rganiladi.

Nordik taʼlim dasturlari akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda
Xalqaro Nordik universitetining Yurisprudensiya, Filologiya va tillarni o‘qitish, Lingvistika (ingliz tili), Tarix hamda Bank ishi ta’lim dasturlari akkreditatsiya ekspertizasidan o‘tkazilmoqda.
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan amalga oshirilgan akkreditatsiya jarayonlarida ta’lim dasturlariga oid barcha hujjatlar mavjudligi, ularning mazmuniy bog‘liqligi, amaliyotda ishlashi va natijadorligi o‘rganildi.
Xususan, ta’lim dasturlarining xalqaro ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari bilan uyg‘unligi, dastur maqsadlari, kutilayotgan o‘quv natijalari hamda shakllantiriladigan kompetensiyalar o‘rtasidagi uzviylik tahlil qilindi.
Har bir fan va modulning o‘quv dasturida belgilangan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, darsliklar, o‘quv-uslubiy hamda metodik qo‘llanmalari mavjudligi ham o‘rganilmoqda. Fan mazmuni talabada aynan qanday bilim, ko‘nikma va kasbiy kompetensiyani shakllantirishiga eʼtibor qaratildi.
Shu nuqtai nazardan o‘quv rejalari va fan dasturlarining ta’lim natijalariga xizmat qilishi, zarur mutaxassislik kompetensiyalarining bosqichma-bosqich shakllanishi hamda dastur mazmunining zamonaviy kasbiy ehtiyojlarga mosligi ekspertlar e’tiborida bo‘ldi.
Professor-o‘qituvchi salohiyati taʼlim sifatining asosiy indikatorlaridan biri. Ta’lim dasturini amalga oshirish uchun jalb etilgan professor-o‘qituvchilar soni, ularning mutaxassisligi va kasbiy salohiyati ham o‘rganildi. Nordikda o‘quv rejalarni ilmiy va pedagogik jihatdan sifatli amalga oshira oladigan ustozlar jamoasi faoliyat yuritishi eʼtirof etib o‘tildi.
Akkreditatsiya doirasida xorijiy ekspertlar xulosalari, malaka talablari, kafedralar xulosalari, PDCA — rejalashtirish, amalga oshirish, tekshirish va takomillashtirish sikliga asoslangan ichki ekspertiza rejasi, tegishli buyruqlar, moliyaviy maslahat bayonlari, ish beruvchilar so‘rovnomalari natijalari, bitiruvchilar kuzatuvi tahlili hisobotlari ko‘rib chiqilmoqda.
Ekspertlar ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan muloqot davomida yangi ta’lim dasturlarini ishga tushirishning ahamiyati, dasturlarni rivojlantirishdagi ularning ishtiroki va kelajak bitiruvchilaridan kutiladigan kompetensiyalarni muhokama qildilar.
Mehnat bozori, ta’lim ehtiyojlari va ilmiy-tadqiqotning so‘nggi tendensiyalarini muntazam yig‘ish, tahlil qilish va monitoring qilish mexanizmlari ham ekspertiza mezonlaridan o‘rin oldi.
Talabalar, professor-o‘qituvchilar, ish beruvchilar, soha mutaxassislari, bitiruvchilar va ota-onalarning fikr-mulohazalarini ta’lim dasturini takomillashtirish jarayoniga kiritish mexanizmlari o‘rganildi.
Barcha taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertlar bilan bevosita savol-javoblar tashkil etilib, dastur mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan muloqot olib borildi. Baholash jarayonlarini samarali tashkil etish tartiblari, mexanizmlari va tegishli nizomlar ham indikatorlar asosida o‘rganildi.
Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, kurs loyihalarini bajarish uchun zarur jihoz va materiallarning mavjudligi, auditoriyalar, laboratoriyalarning ta’lim dasturi talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarliligi hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi ham alohida indikator sifatida baholandi.
Shuningdek, inklyuzivlik mezonlari doirasida universitet binolari va o‘quv joylarining, jumladan, koridorlar, liftlar, eshiklar va sanitariya inshootlarining nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirilishi ham o‘rganildi.
Ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari, HEMIS va LMS imkoniyatlaridan foydalanish, dars va o‘quv materiallarini elektron formatda tashkil etish darajasi, shuningdek, universitetda yaratilgan elektron ta’lim xizmatlari ekspertlar e’tiborida bo‘ldi.
Akkreditatsiyada ta’lim dasturining xalqaro va milliy standartlariga hamda mehnat bozoriga muvofiqligi, akademik mazmuni, resurslari va ichki sifat mexanizmlari dalillar asosida kompleks o‘rganilyapti.
Xalqaro Nordik universitetida ta’lim sifatini ta’minlash mezonlariga o‘quv jarayoni, ilmiy-pedagogik faoliyat, xalqaro akademik mobillik, ish beruvchilar bilan hamkorlik va strategik boshqaruv jarayonlariga integratsiyalashgan tizim sifatida qaralgani eʼtirof etib o‘tildi.