Şu nuqtayi nazardan, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xalqaro Nordik universitetining faxriy professori Akram Abdiyevich Xaşimovning yangi darsligi — «Menejment boşqaruv sanʼati va ilmi» alohida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Mazkur darslikda menejment fanining nazariy asoslari, şakllaniş va rivojlaniş bosqiçlari, boşqaruv maktablari, strategik rejalaştiriş, taşkiliy boşqaruv, inson resurslarini boşqariş, rahbarlik, marketing hamda işlab çiqariş samaradorligi kabi dolzarb yönalişlar izçil yoritilgan.
Naşrning muhim jihati nazariy bilimlarning amaliy boşqaruv tajribasi bilan uyg‘unlaştirilganidir. Unda milliy va xalqaro boşqaruv modellari qiyosiy tahlil qilinib, zamonaviy menejment konsepsiyalarining mazmuni va ularni amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan. Vaziyatli tahlillar, amaliy topşiriqlar, testlar va muammoli savollar esa talabalarda mustaqil fikrlaş, tahliliy yondaşuv hamda boşqaruv qarorlarini işlab çiqiş kompetensiyalarini şakllantirişga xizmat qiladi.
Darslikning yana bir e’tiborli jihati menejment taşkilot faoliyatini boşqariş vositasigina emas, balki iqtisodiy taraqqiyot, inson kapitalini rivojlantiriş va samaradorlikni ta’minlovçi omil sifatida talqin etilişidir. Bu yondaşuv naşrning bugungi iqtisodiy islohotlar, raqamli transformatsiya va zamonaviy boşqaruv talablari bilan hamohangligini namoyon etadi.
Muallif Akram Xaşimovning ilmiy salohiyati, xalqaro akademik e’tirofi va köp yillik tajribasi mazkur naşrning ilmiy-uslubiy qiymatini yanada oşiradi. Uning ilmiy faoliyati va ta’lim sohasidagi xizmatlari «Şuhrat» medali hamda «Oliy ta’lim a’loçisi» ko‘krak nişoni bilan ham e’tirof etilgan.
Özbekiston Respublikasi Ta’lim, ilm va fan vazirligi tomonidan bakalavriatning barça ta’lim yönalişlari talabalari uçun darslik sifatida tavsiya etilgani naşrning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va amaliy qiymatini tasdiqlaydi.
Uşbu yangi adabiyot zamonaviy boşqaruv tafakkurini şakllantiriş, nazariy bilimlarni amaliy könikmaga aylantiriş va kelajak mutaxassislarining professional salohiyatini yuksaltirişga xizmat qiluvçi salmoqli ilmiy-uslubiy manbadir.
Yangiliklar
Yangi ilmiy manba: boşqaruv tafakkuri va zamonaviy yondaşuvlar

November 05 , 2026
172
Iqtisodiyot va boşqaruv sohasida zamonaviy bilimlarga ega va samarali qaror qabul qila oladigan mutaxassislarni tayyorlaş bugungi ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biridir.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring