Ushbu muhim sana munosabati bilan tashkil etilgan anjumanda universitet rektori Sherzod Mustafakulov barchani bayram bilan samimiy qutladi.
Anjumanda talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur orqali Vatanimiz, Qomusimiz va faxr-iftixorimizga aylangan madhiyamiz ulug‘landi.
Shuningdek, "Konstitutsiya - mening taqdirimda" mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.




