Unda 13 ta jamoa hududlar kesimidagi investitsion muammolar, imkoniyatlar va istiqbollarga doir loyihalarini taqdim etdi.
Baholash jarayonida g‘oyaning yangiligi, iqtisodiy tahlilning puxtaligi, yechimlarning amalga oshirish imkoniyati, hududlararo integratsiya uchun qo‘shadigan ulushi eʼtiborga olindi.
🏆 Nordic University jamoasi aynan shu mezonlar bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatib, 1-O‘RINni qo‘lga kiritdi.
Jamoamiz hududlararo investitsion aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan tahlil, aniq strategiya va innovatsion model bilan hakamlar hayʼatining eʼtiborini tortdi. Loyihaning amaliy qiymati va iqtisodiy samaradorligi yuqori baholandi va munosib taqdirlandi.







